Total protein (Umumiy oqsil)
Natriy hujayradan tashqari suyuqlikdagi asosiy kation hisoblanadi. U turli suyuqlik muhitlarida suv va osmotik bosimning normal taqsimlanishini ta’minlashda asosiy rol o’ynaydi. Organizm uchun natriyning asosiy manbai iste’mol qilinadigan mahsulotlar tarkibida mavjud bo’lgan natriy xlorid hisoblanadi. Butun organizmdagi natriyning faqat uchdan bir qismi skeletda, ko’p qismi esa organizmning hujayradan tashqari suyuqliklari tarkibida mavjud. Giponatriyemiya (zardob tarkibidagi natriyning past darajasi) turli xil holatlarda, jumladan, quyidagi: og’ir poliuriya, metabolik atsidoz, Addison kasalligi, diareya va buyrak kanallari kasalliklarida yuzaga keladi. Gipernatriyemiya (zardobda natriy miqdorining ortishi) quyidagi sharoitlarda: giperadrenalizm, og’ir suvsizlanish, insulin terapiyasidan keyin diabetik koma, natriy tuzlari bilan haddan tashqari ortiqcha davolanish holatlarida yuzaga keladi.
To’plam inson qon zardobidagi natriy miqdorini aniqlash uchun mo’ljallangan.