Home/Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

наш опыт

Biz haqimizda 

“Denismed” kompaniyasiga 1995-yil aprel oyida asos solingan boʻlib, jadal rivojlanish yoʻlidan borib, 28 yildan buyon barqaror va mustahkam faoliyat yuritib, qatiy pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Bugungi kunda “Denismed” MChJ O‘zbekistondagi laboratoriya diagnostikasi bozoridagi eng yirik yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bizning kop yillik tajribamiz klinik diagnostika va biokimyoviy laboratoriyalarni zamonaviy diagnostik asbob-uskunalar, diagnostik reagentlar, laboratoriya shisha idishlari, bo’yoqlar va sarf materiallari bilan jihozlash bo’yicha har qanday muammolarni tez va samarali hal qilish imkonini beradi. Yildan yilga kompaniya mahsulotlari ro’yxati kengayib bormoqda va biz bu bilan erishilgan yutuqlar oldida toxtab qolmaymiz.


“Denismed” kompaniyasi 2016 yildan beri Belgiyaning “CypressDiagnostics” kompaniyasining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.

Biz sizning eʼtiboringizga havola etayotgan tovar yetkazib beruvchilar qatorida “Genrui Biotech” (Xitoy), “Ecolab” YoAJ (Rossiya), “Minimed” MChJ (Rossiya), “Texnologiya-Standart” MChJ (Rossiya), “West Medica” (Avstriya),

 “Bestscope International Limited” (Xitoy), “LP Italiana SPA” (Italiya) kabi kompaniyalarning mahsulotlari mavjud. Biz faqat ishonchli yetkazib beruvchilar bilan ishlaymiz. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini bizga muntazam ravishda to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishni amalga oshiradilar. 

Bizning muvaffaqiyatimiz ikkita asosiy komponentga bog’liq:

- kompaniya omborida  mahsulotlarning to’liq assortimentining doimiy mavjudligi kafolati;

- buyurtmachilarga sifat sertifikati bilan tasdiqlangan maksimal yaroqlilik muddatiga ega bo’lgan mahsulotlarni taqdim etish.









"DenisMed" kompaniyasi mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga intiladi. “DenisMed” kompaniyasi xizmatlaridan O‘zbekistonning turli hududlaridagi 5000 dan ortiq tibbiyot muassasalari foydalanadilar, bular -  poliklinikalar, kasalxonalar, qon quyish stansiyalari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, qishloq vrachlik punktlari.
Katalog
Ortga
Katalog