Potassium (Kaliy)
Kaliy hujayra ichidagi suyuqlik kationining tarkibiy qismidir. Shuningdek, hujayradan tashqari suyuqlikning muhim qismi hisoblanadi, chunki mushaklar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Uning hujayra ichidagi funksiyasi hujayradan tashqari funksiyasiga mos keladi, ya’ni aynan kislota-ishqorli balansi va osmotik bosimga, shu jumladan suvni ushlab turishiga ta’sir qiladi. Kaliyning yuqori darajasini (giperkalemiya) ko’pincha buyrak kasalliklari, suvsizlanish shoki va buyrak usti bezlari yetishmovchiligi bilan bog’laydilar. Kaliyning past darajasini (gipokalemiya) noto’g’ri ovqatlanish, salbiy azot balansi, oshqozon-ichak suyuqligining yo’qotilishi va buyrak usti bezlari qobig’ining giperaktivligi bilan bog’laydilar.
Reagent inson zardobi yoki geparinlashgan plazmada kaliy miqdorini aniqlash uchun mo’ljallangan.